- وعن أبي سروعة -كسر السين المهملة ونصبها- عقبة بن الحارث رضي الله عنه أنه تزوج ابنة لأبي إهاب بن عزيز، فأتته امرأة فقالت: إنى قد أرضعت عقبة والتى قد تزوج بها، فقال لها عقبة: ما أعلم أنك أرضعتني ولا أخبرتني فركب إلى رسول الله صلى الله عليه وسلم بالمدينة فسأله فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم: “كيف، وقد قيل؟!” ففارقها عقبة ونكحت زوجاً غيره”. ((رواه البخاري)).
Abdulloh ibn Abu Mulaykadan rivoyat qilinadi: Uqba ibn al-Horis Abu Ihob ibn Aziz ning qiziga uylangan edi. Soʻng bir ayol kelib: «Men Uqbani ham, u uylangan ayolni ham (oʻz) koʻkragimdan emizganman», — dedi. Uqba unga: «Men seni meni emizganingni bilmas edim, sen ham menga aytmagansan», — dedi. Soʻng u Madinaga Rasululloh ﷺ ni koʻrish uchun (ulov)ga minib borib, bu haqda soʻradi. Rasululloh ﷺ: «(Bu ayol seni emizgan ekan, deb) aytilgandan keyin, uni qanday (xotinlikda) saqlaysan?» — dedilar. Shunda Uqba undan ajrashdi va u (ayol) boshqa kishiga turmushga chiqdi.