- وعنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "يوشك أن يكون خير مال المسلم غنم يتتبع بها شعف الجبال، ومواقع القطر، يفر بدينه من الفتن" ((رواه البخاري)). وشعف الجبال :أعلاها
(Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki,) Rasululloh ﷺ: «Yaqinda musulmonning eng yaxshi moli — qoʻy (boʻlib qolishi) yaqindir: u (musulmon) u (qoʻy) bilan togʻ choʻqqilarini va yomgʻir tushgan joylarni (oʻtloqlarni) quvib (yurib), fitnalardan dini bilan qochadi», dedilar.