- وعن عياض بن حمار رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: “إن الله أوحى إلي أن تواضعوا حتى لا يفخر أحد على أحد، ولا يبغي أحد على أحد” ((رواه مسلم)).
Iyoz ibn Himor (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: u dedi: Bir kuni Rasululloh ﷺ oramizda xutba qilib turib: «Albatta Alloh menga buyurdi», dedilar (va yuqoridagi hadis misli keltirildi) hamda unda ushbu ziyoda qilindi: «Albatta Alloh menga: ‹Bir-birlaringizga tavoze (kamtarlik) qilinglar, hech kim hech kimdan ustun kelib magʻrurlanmasin va hech kim hech kimga zulm qilmasin›, deb vahiy qildi». Va (bu rivoyatda): «Ular sizlarning oranglarda ergashuvchi boʻlib, na oila, na mol istaydilar», deyildi. Men: «Ey Abu Abdulloh, shunday boʻladimi?» dedim. U: «Ha, vallohi, men ularga johiliyatda yetishganman: bir kishi qabilaning (mollarini) boqar va ularning bir choʻri-dan boshqa hech kim boʻlmaganidan, oʻsha (choʻri) bilan zino qilar edi», dedi.