- وعن أنس رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم كان إذا أكل طعاماً لعق أصابعه الثلاث قال: وقال: “إذا سقطت لقمة أحدكم، فليمط عنها الأذى، وليأكلها، ولا يدعها للشيطان” وأمر أن تسلت القصعة قال: فإنكم لا تدرون فى أى طعامكم البركة” ((رواه مسلم)).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ taom yeganlarida uch barmoqlarini yalar edilar. (Anas) dedi: (Rasululloh ﷺ) yana: «Biringizning luqmasi tushib ketsa, undan yuqumni ketkazsin va uni yesin, uni shaytonga qoldirmasin», — dedilar va bizni idishni (qoldigʻi qolmaguncha) artishga buyurib: «Zero, siz taomingizning qaysi (qism)ida baraka borligini bilmaysiz», — dedilar.