- وعن أبى هريرة رضي الله عنه أن رجلاً قال: يا رسول الله إن لى قرابة أصلهم ويقطعونى، وأحسن إليهم ويسيئون إلى، وأحلم عنهم ويجهلون على! فقال: “لئن كنت كما قلت فكأنما تسفهم المل ولا يزال معك من الله تعالى ظهير عليهم ما دمت على ذلك” ((رواه مسلم)) وقد سبق شرحه في “باب صلة الأرحام”.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi: «Yo Rasululloh! Mening qarindoshlarim bor, men ular bilan aloqani ulayman, ular esa meni uzadilar; men ularga yaxshilik qilaman, ular menga yomonlik qiladilar; men ularga halimlik (sabr) qilaman, ular menga nodonlik qiladilar», dedi. Shunda u zot: «Agar sen aytganingdek boʻlsa, sen goʻyo ularning (yuziga) issiq kul yedirayotgandeksan. Sen shu (yaxshi yoʻlda) turar ekansan, Alloh tomonidan sen bilan birga ularga qarshi yordamchi (boʻlib turuvchi farishta) doimo qoladi», dedilar.