- السابع: عن أبي يعلى شداد بن أوس رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: " الكيس من دان نفسه، وعمل لما بعد الموت ، والعاجز من أتبع نفسه هواها، وتمنى على الله" ((رواه الترمذي وقال حديث حسن)).
Shaddod ibn Avs (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Aqlli kishi nafsini boʻysundirib, oʻlimdan keyingi narsa uchun amal qilgan kishidir. Ojiz kishi esa nafsini havoyi havasiga ergashtirib, Allohdan (quruq) orzu qilgan kishidir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. U zotning «nafsini boʻysundirgan» degan soʻzining maʼnosi shuki, Qiyomat kunida hisob qilinishidan oldin dunyoda nafsini hisobga tortgan kishidir. Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u: «Hisob qilinishingizdan oldin nafsingizni hisobga torting va eng katta soʻroq (kuni) uchun hozirlik koʻring. Qiyomat kunida hisob faqat dunyoda nafsini hisobga tortgan kishiga yengil boʻladi», degan. Maymun ibn Mehrondan rivoyat qilinadiki, u: «Banda sherigini ‹yemaging va kiyming qayerdan?› deb hisobga tortgani kabi oʻz nafsini hisobga tortmaguncha taqvodor boʻlmaydi», degan.