- وعن عياض بن حمار رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: “أهل الجنة ثلاثة: ذو سلطان مقسط موفق، ورجل رحيم رفيق القلب لكل ذي قربى ومسلم، وعفيف متعفف ذو عيال”. ((رواه مسلم)).
Iyoz ibn Himor (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺning shunday deganlarini eshitdim: «Jannat ahli uch (toifa)dir: adolatli, muvaffaq boʻlgan hukmdor; har bir qarindoshi va musulmonga rahmli, yumshoq qalbli kishi; hamda oilali boʻla turib (birovdan tilamay) iffatini saqlagan kishi», dedilar.