- وعن أنس رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم “اسمعوا وأطيعوا، وإن استعمل عليكم عبد حبشي، كأن رأسه زبيبة” ((رواه البخارى)).
(Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki,) Rasululloh ﷺ: «Eshitinglar va itoat qilinglar — agar sizlarning ustingizga boshi mayiz (uzum) donasidek (kichik) bir habash quli (amaldor qilib) qoʻyilsa ham», dedilar.