-عن أبى موسى الأشعري رضي الله عنه قال: دخلت على النبى صلى الله عليه وسلم أنا ورجلان من بني عمي، فقال أحدهما: يا رسول الله أمرنا على بعض ما ولاك الله، عز وجل، وقال الآخر مثل ذلك، فقال: “إنا والله لا نولى هذا العمل أحدا سأله، أو أحدا حرص عليه” ((متفق عليه)) .
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men va amakimning ikki oʻgʻli Nabiy ﷺ ning huzurlariga kirdik. Ikki kishidan biri: «Yo Rasululloh! Alloh azza va jalla Sizning qoʻlingizga topshirgan narsalarning baʼzisiga bizni amir qilib qoʻying», dedi. Boshqasi ham xuddi shunday dedi. Shunda u zot: «Vallohi, biz bu ishga uni soʻragan kishini ham, unga hirs qoʻygan kishini ham tayinlamaymiz», dedilar.