- السابع: عن أبي عمارة البراء بن عازب رضي الله عنهما قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : " يا فلان إذا أويت إلى فراشك فقل: اللهم أسلمت نفسي إليك، ووجهت وجهي إليك: وفوضت أمري إليك ، وألجأت ظهري إليك، رغبة ورهبة إليك، لا ملجأ ولا منجى منك إلا إليك ، آمنت بكتابك الذي أنزلت، ونبيك الذي أرسلت؛ فإنك إن مت من ليلتك مت على الفطرة، وإن أصبحت أصبت خيراً" ((متفق عليه)) .
(Baroʼ ibn Ozib (roziyallohu anhu) aytdi:) Rasululloh ﷺ: «Ey falon, qachon toʻshagingga (yotgani) kelsang, (shunday) ayt: ‹Allohumma aslamtu nafsiy ilayka, va vajjahtu vajhiy ilayka, va favvaztu amriy ilayka, va aljaʼtu zahriy ilayka, ragʻbatan va rahbatan ilayka; la maljaʼa va la manja minka illa ilayka; amantu bi-kitabikallaziy anzalta, va bi-nabiyyikallaziy arsalta (Allohim, oʻzimni Senga taslim qildim, yuzimni Senga (qaratdim), ishimni Senga topshirdim, orqamni (suyanchimni) Senga tayadim — Senga (rahmatingga) ishtiyoq va (azobingdan) qoʻrquv bilan; Sendan boshqa panoh va najot (joyi) yoʻq — magar faqat Sening Oʻzingga; Sen nozil qilgan Kitobingga iymon keltirdim va Sen yuborgan Paygʻambaringga (ham))›. Bas, agar sen oʻsha kechangda oʻlsang, fitrat (Islom) ustida oʻlgan boʻlasan; agar tongga chiqsang (omon qolsang), bir ajrga erishgan boʻlasan», dedilar.