- وعن أنس رضي الله عنه قال: كان أخوان على عهد النبي صلى الله عليه وسلم، وكان أحدهما يأتي النبي صلى الله عليه وسلم ، والآخر يحترف، فشكا المحترف آخاه للنبي صلى الله عليه وسلم فقال : "لعلك ترزق به" ((رواه الترمذي بإسناد صحيح على شرط مسلم)).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: Nabiy ﷺ zamonlarida ikki aka-uka bor edi. Ulardan biri Nabiy ﷺ huzurlariga (ilm olish uchun) kelib turar, ikkinchisi esa hunar (kasb) bilan shugʻullanar edi. Hunarmand (uka) akasidan Nabiy ﷺga shikoyat qildi. Shunda u zot: «Sen, ehtimol, oʻsha (aka) sababli rizqlantirilayotgandirsan», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.