- الثاني عن أبي سروعة -بكسر السين المهملة وفتحها- عقبة ابن الحارث رضي الله عنه قال: صليت وراء النبي صلى الله عليه وسلم بالمدينة العصر، فسلم ثم قام مسرعاً فتخطى رقاب الناس إلى بعض حجر نسائه، ففزع الناس من سرعته، فخرج عليهم، فرأى أنهم قد عجبوا من سرعته، قال "ذكرت شيئاً من تبر عندنا فكرهت أن يحبسنى، فأمرت بقسمته" ((رواه البخاري)). وفي رواية للبخاري : كنت خلفت في البيت تبراً من الصدقة، فكرهت أن أبيته . ((التبر)) قطع ذهب أو فضة
Uqba (ibn Horis) (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Madinada Paygʻambar ﷺ orqasida asr namozini oʻqidim. U zot namozni salom bilan tugatganlarida, shoshilib turdilar va odamlar saflarini yorib oʻtib, zavjalaridan birining xonasiga (chiqib) ketdilar. Odamlar u zotning shoshilishidan choʻchidi. Paygʻambar ﷺ qaytib keldilar va odamlarni oʻz shoshilishlaridan hayratda (turgan holda) topib, ularga: «Men uyimda turgan bir parcha oltinni esladim va uning meni Alloh ibodatidan chalgʻitishini yoqtirmadim, shuning uchun uni (sadaqaga) tarqatishni buyurdim», — dedilar.