- الثامن: عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال يوم خيبر: "لأعطين هذه الراية رجلا يحب الله ورسوله، يفتح الله على يديه" قال عمر رضي الله عنه: ما أحببت الإمارة إلا يؤمئذ، فتساورت لها رجاء أن أدعى لها، فدعا رسول الله صلى الله عليه وسلم عليّ بن أبي طالب رضي الله عنه فأعطاه إياها وقال: " أمش ولا تلتفت حتى يفتح الله عليك" فسار علي شيئاً، ثم وقف ولم يلتفت، فصرخ: يا رسول الله، على ماذا أقاتل الناس؟ قال: " قاتلهم حتى يشهدوا أن لا إله إلا الله، وأن محمداً رسول الله، فإذا فعلوا ذلك فقد منعوا منك دماءهم وأموالهم إلا بحقها، وحسابهم على الله" ((رواه مسلم)): (14)
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Xaybar kuni: «Bu bayroqni albatta Allohni va Uning Rasulini sevadigan bir kishiga beraman; Alloh uning ikki qoʻli bilan (Xaybarni) fath qiladi», dedilar. Umar ibn Xattob dedi: Men amirlikni faqat oʻsha kuni xohlardim. (U) dedi: Men bayroqqa (chaqirilishimni) umid qilib, unga (boʻyin) choʻzdim. (U) dedi: Shunda Rasululloh ﷺ Ali ibn Abu Tolibni chaqirib, uni unga berdilar va: «Yur, Alloh senga fath ato etgunicha (ortga) qaramagin», dedilar. (U) dedi: Ali bir oz yurdi, soʻng toʻxtab, (ortga) qaramay baqirib: «Yo Rasululloh! Odamlar bilan qaysi (asos) ustida jang qilaman?» dedi. U zot: «Ular ‹Allohdan oʻzga iloh yoʻq va Muhammad Allohning Rasuli›, deb guvohlik bermagunlaricha ular bilan jang qil. Bas, agar shuni qilsalar, qonlarini va mollarini sendan saqlab qolibdilar — uning haqi (taqozo qilgani) mustasno — hisob-kitoblari esa Allohning zimmasidadir», dedilar.