حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ مُوسَى الأَنْصَارِيُّ، قَالَ: حَدَّثَنَا مَعْنٌ، قَالَ: حَدَّثَنَا مَالِكٌ، قَالَ: حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ أَبِي سَعِيدٍ الْمَقْبُرِيُّ، عَنْ عُبَيْدِ بْنِ جُرَيْجٍ، أَنَّهُ قَالَ لابْنِ عُمَرَ: رَأَيْتُكَ تَلْبَسُ النِّعَالَ السِّبْتِيَّةَ، قَالَ: إِنِّي رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم يَلْبَسُ النِّعَالَ الَّتِي لَيْسَ فِيهَا شَعَرٌ، وَيَتَوَضَّأُ فِيهَا، فَأَنَا أُحِبُّ أَنْ أَلْبَسَهَا.
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Ubayd ibn Jurayj unga shunday dedi: «Ey Abu Abdurahmon, men sizni toʻrt narsani qilayotganingizni koʻrdimki, sheriklaringizdan birortasining buni qilayotganini koʻrmaganman», — dedi. (Abdulloh ibn Umar): «Ular nimalar, ey Ibn Jurayj?» — dedi. (Ubayd): «Men sizni (Kaʼbani tavof qilganingizda) ruknlardan faqat Yamaniy ikkovini (Yaman tomonidagi ikki burchakni) ushlayotganingizni koʻrdim; sizni sibtiy (oshlangan teridan) qilingan choriqlar kiyayotganingizni koʻrdim; sizni (soch-soqolingizni) sariq rang bilan boʻyayotganingizni koʻrdim; va sizni Makkada boʻlganingizda, odamlar (Zulhijja) hilolini koʻrishlari bilan ehrom bogʻlab talbiya aytsalar ham, siz Tarviya kuni (Zulhijjaning sakkizinchisi) boʻlguncha ehrom bogʻlamayotganingizni koʻrdim», — dedi. Shunda Abdulloh ibn Umar: «Ruknlarga kelsak, men Rasululloh ﷺ ni Yamaniy ikkovidan boshqasini ushlayotganlarini koʻrmadim. Sibtiy choriqlarga kelsak, men Rasululloh ﷺ ni yungi boʻlmagan choriqlar kiyayotganlarini va ularda (ularni kiygan holda) tahorat olayotganlarini koʻrdim, shu sababli men ham ularni kiyishni yaxshi koʻraman. Sariq rangga kelsak, men Rasululloh ﷺ ni u bilan boʻyayotganlarini koʻrdim, shu sababli men ham u bilan boʻyashni yaxshi koʻraman. Ehrom bogʻlab talbiya aytishga kelsak, men Rasululloh ﷺ ni ulovlari u zotni koʻtarib yoʻlga chiqquncha ehrom bogʻlab talbiya aytayotganlarini koʻrmadim», — dedi.