حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ مَنْصُورٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ هِشَامٍ، قَالَ: حَدَّثَنِي أَبِي، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ: لَمَّا أَرَادَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ يَكْتُبَ إِلَى الْعَجَمِ قِيلَ لَهُ: إِنَّ الْعَجَمَ لا يَقْبَلُونَ إِلا كِتَابًا عَلَيْهِ خَاتَمٌ، فَاصْطَنَعَ خَاتَمًا، فَكَأَنِّي أَنْظُرُ إِلَى بَيَاضِهِ فِي كَفِّهِ.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Nabiysi ﷺ ajamlarga (arab boʻlmaganlarga) yozmoqchi boʻlganlarida, u zotga: «Ajamlar muhr bosilmagan maktubni qabul qilmaydilar», deyildi. Shunda u zot bir muhr (uzuk) yasattilar. (Anas) dedi: Goʻyo men hozir uning u zotning kaftidagi oqligiga qarab turgandekman. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.