حَدَّثَنَا أَبُو سَعِيدٍ عَبْدُ اللهِ بْنُ سَعِيدٍ الأَشَجُّ، قَالَ: حَدَّثَنَا يُونُسُ بْنُ بُكَيْرٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِسْحَاقَ، عَنْ يَحْيَى بْنِ عَبَّادِ بْنِ عَبْدِ اللهِ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ عَبْدِ اللهِ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنِ الزُّبَيْرِ بْنِ الْعَوَّامِ، قَالَ: كَانَ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم يَوْمَ أُحُدٍ دِرْعَانِ، فَنَهَضَ إِلَى الصَّخْرَةِ فَلَمْ يَسْتَطِعْ، فَأَقْعَدَ طَلْحَةَ تَحْتَهُ، وَصَعِدَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم حَتَّى اسْتَوَى عَلَى الصَّخْرَةِ، قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم، يَقُولُ: أَوْجَبَ طَلْحَةُ.
Zubayr ibn al-Avvom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Uhud kuni Nabiy ﷺning ustlarida ikkita sovut bor edi. (U zot) qoyaga koʻtarilmoqchi boʻldilar, ammo (oʻzlari) qodir boʻlmadilar. Shunda Talhani ostlariga oʻtqazdilar va Nabiy ﷺ uning ustiga chiqib, qoya ustiga koʻtarildilar. (Zubayr) aytdi: Men Nabiy ﷺning: «Talha (jannatni) vojib qildi», deyayotganlarini eshitdim. Abu Iso aytdi: Bu bobda Safvon ibn Umayya va Soib ibn Yaziddan ham (rivoyat) bor. Bu hadis hasan gʻaribdir, biz uni faqat Muhammad ibn Ishoqning hadisidangina bilamiz.