حَدَّثَنَا مَحْمُودُ بْنُ غَيْلانَ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو دَاوُدَ، عَنْ شُعْبَةَ، عَنِ الأَشْعَثِ بْنِ سُلَيْمٍ، قَالَ: سَمِعْتُ عَمَّتِي، تُحَدِّثُ عَنْ عَمِّهَا، قَالَ: بَيْنَا أَنَا أَمشِي بِالْمَدِينَةِ، إِذَا إِنْسَانٌ خَلْفِي يَقُولُ: ارْفَعْ إِزَارَكَ، فَإِنَّهُ أَتْقَى وَأَبْقَى فَإِذَا هُوَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم، فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ إِنَّمَا هِيَ بُرْدَةٌ مَلْحَاءُ، قَالَ: أَمَا لَكَ فِيَّ أُسْوَةٌ؟ فَنَظَرْتُ فَإِذَا إِزَارُهُ إِلَى نِصْفِ سَاقَيْهِ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim oʻzini temir (qurol) bilan oʻldirsa, temiri qoʻlida boʻladi va u bilan jahannam oʻtida qornini sanchadi, unda mangu, abadiy qoladi. Kim oʻzini zahar bilan oʻldirsa, zahari qoʻlida boʻladi va uni jahannam oʻtida hoʻplab ichadi, unda mangu, abadiy qoladi. Kim togʻdan oʻzini tashlab oʻldirsa, jahannam oʻtida oʻzini tashlayveradi, unda mangu, abadiy qoladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis sahihdir va u birinchi hadisdan sahihroqdir. Bu hadisni bir necha (roviy) shunday — Aʼmashdan, u Abu Solihdan, u Abu Hurayradan, u Nabiy ﷺdan — rivoyat qilgan. Muhammad ibn Ajlon esa Said al-Maqburiydan, u Abu Hurayradan, u Nabiy ﷺdan: «Kim oʻzini zahar bilan oʻldirsa, jahannam oʻtida azoblanadi», deb rivoyat qilgan va unda «unda mangu, abadiy qoladi»ni zikr qilmagan. Abu Zinod ham al-Aʼrajdan, u Abu Hurayradan, u Nabiy ﷺdan shunday rivoyat qilgan, bu sahihroqdir. Chunki rivoyatlar tavhid ahli oʻtda azoblanib, soʻng undan chiqarilishi haqida kelgan, ularning unda mangu qolishlari zikr qilinmagan.