حَدَّثَنَا أَبُو رَجَاءٍ قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا حَاتِمُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، عَنِ الْجَعْدِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، قَالَ: سَمِعْتُ السَّائِبَ بْنَ يَزِيدَ، يَقُولُ: ذَهَبَتْ بِي خَالَتِي إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ ابْنَ أُخْتِي وَجِعٌ فَمَسَحَ رَأْسِي وَدَعَا لِي بِالْبَرَكَةِ، وَتَوَضَّأَ، فَشَرِبْتُ مِنْ وَضُوئِهِ، وَقُمْتُ خَلْفَ ظَهْرِهِ، فَنَظَرْتُ إِلَى الْخَاتَمِ بَيْنَ كَتِفَيْهِ، فَإِذَا هُوَ مِثْلُ زِرِّ الْحَجَلَةِ.
Soib ibn Yazid (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Xolam meni Nabiy ﷺ huzurlariga olib bordi va: ‹Yo Rasululloh, jiyanim ogʻrib turibdi›, dedi. Shunda u zot boshimni siladilar va menga baraka tilab duo qildilar, hamda tahorat oldilar, men ularning tahorat suvidan ichdim. Soʻng u zotning orqalarida turib, ikki yelkalari orasidagi muhrga qaradim, u xuddi kaklik tuxumiday edi», dedi. Abu Iso aytdi: ‹Zirr› — bu (kaklikning) tuxumi deyiladi. Abu Iso aytdi: Bu bobda Salmon, Qurra ibn Iyos al-Muzaniy, Jobir ibn Samura, Abu Rimsa, Burayda al-Aslamiy, Abdulloh ibn Sarjis, Amr ibn Axtab va Abu Saiddan (ham hadislar) bor. Bu hadis shu yoʻldan hasan sahih gʻaribdir.