حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ عَبْدَةَ الضَّبِّيُّ، وَعَلِيُّ بْنُ حُجْرٍ، وَغَيْرُ وَاحِدٍ، قَالُوا: حَدَّثَنَا عِيسَى بْنُ يُونُسَ، عَنْ عُمَرَ بْنِ عَبْدِ اللهِ مَوْلَى غُفْرَةَ، قَالَ: حَدَّثَنِي إِبْرَاهِيمُ بْنُ مُحَمَّدٍ مِنْ وَلَدِ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ، قَالَ: كَانَ عَلِيٌّ، إِذَا وَصَفَ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم فَذَكَرَ الْحَدِيثَ بِطُولِهِ، وَقَالَ: بَيْنَ كَتِفَيْهِ خَاتَمُ النُّبُوَّةِ، وَهُوَ خَاتَمُ النَّبِيِّينَ.
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺni vasflaganda shunday derdi: «U zot juda choʻzilgan uzun ham, juda kalta past ham emas edilar, balki qavm orasida oʻrtacha boʻyli edilar. Sochlari na juda jingalak, na juda tekis edi, balki orasida andak jingalaklik bor edi. Tanalari na semiz seret, na yuzlari yumaloq edi; yuzlarida andak doʻngalaklik bor edi. Oqi qizillik bilan aralashgan oq yuzli, koʻzlari qop-qora, kipriklari uzun, yelka boshlari va elkalari yirik, badani tuksiz, koʻkragida masruba (tuk chizigʻi) bor edi. Kaft va oyoqlari yoʻgʻon edi. Yurganlarida goʻyo qiyalikdan tushayotgandek kuch bilan qadam tashlar edilar. Oʻgirilganlarida butun (badanlari) bilan oʻgirilar edilar. Ikki yelkalari orasida nubuvvat muhri bor edi, u zot paygʻambarlarning eng oxirgisi edilar. Odamlarning kafti eng saxiysi, koʻkragi eng kengi, tili eng rostgoʻyi, feʼli eng yumshogʻi, suhbati eng karami edilar. Uni birinchi koʻrgan kishi hayajonga tushardi, tanishib aralashgan kishi esa uni sevib qolardi. Uni vasflagan kishi: ‹Men u zotdan oldin ham, keyin ham u kabisini koʻrmaganman›, der edi». Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir, isnodi muttasil (uzluksiz) emas.