حَدَّثَنَا يُوسُفُ بْنُ عِيسَى، قَالَ: حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، قَالَ: حَدَّثَنَا إِسْرَائِيلُ، عَنْ سِمَاكِ بْنِ حَرْبٍ، عَنْ جَابِرِ بْنِ سَمُرَةَ، قَالَ: رَأَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم مُتَّكِئًا عَلَى وِسَادَةٍ،.
Jobir ibn Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Nabiy ﷺni chap tomonlariga, yostiqqa suyangan holda koʻrdim. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Bu hadisni bir necha kishi Isroildan, u Simokdan, u Jobir ibn Samuradan rivoyat qilib: «Men Nabiy ﷺni yostiqqa suyangan holda koʻrdim», deganlar va «chap tomonlariga» (degan)ni zikr qilmaganlar.