حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، قَالَ: حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللهِ بْنُ عَبْدِ الْمَجِيدِ الْحَنَفِيُّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ عَبْدِ اللهِ بْنِ دِينَارٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو حَازِمٍ، عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ، أَنَّهُ قِيلَ لَهُ: أَكَلَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم النَّقِيَّ؟ يَعْنِي الْحُوَّارَى فَقَالَ سَهْلٌ: مَا رَأَى رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم النَّقِيَّ حَتَّى لَقِيَ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ تَعَالَى، فَقِيلَ لَهُ: هَلْ كَانَتْ لَكُمْ مَنَاخِلُ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم؟
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Unga: «Rasululloh ﷺ naqiy — yaʼni oqlangan (sof) undan tayyorlangan non — yeganmilar?» — deyildi. Sahl: «Rasululloh ﷺ Allohga roʻbaroʻ boʻlgunlariga qadar naqiyni koʻrmaganlar», dedi. Unga: «Rasululloh ﷺ zamonlarida sizlarda elaklar bormidi?» — deyildi. U: «Bizda elaklar yoʻq edi», dedi. «Unda arpani qanday qilar edingiz?» — deyildi. U: «Biz uni puflardik, uchadigani uchib ketardi, soʻng uni namlab xamir qilardik», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Uni Molik ibn Anas ham Abu Hozimdan rivoyat qilgan.