حَدَّثَنَا مَحْمُودُ بْنُ غَيْلانَ، قَالَ: حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، قَالَ: حَدَّثَنَا مِسْعَرٌ، عَنْ أَبِي صَخْرَةَ جَامِعِ بْنِ شَدَّادٍ، عَنِ الْمُغِيرَةِ بْنِ عَبْدِ اللهِ، عَنِ الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ، قَالَ: ضِفْتُ مَعَ رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم ذَاتَ لَيْلَةٍ، فَأُتِيَ بِجَنْبٍ مَشْوِيٍّ، ثُمَّ أَخَذَ الشَّفْرَةَ فَجَعَلَ يَحُزُّ، فَحَزَّ لِي بِهَا مِنْهُ، قَالَ: فَجَاءَ بِلالٌ يُؤْذِنُهُ بِالصَّلاةِ فَأَلْقَى الشَّفْرَةَ، فَقَالَ: مَا لَهُ تَرِبَتْ يَدَاهُ؟، قَالَ: وَكَانَ شَارِبُهُ قَدْ وَفَى، فَقَالَ لَهُ: أَقُصُّهُ لَكَ عَلَى سِوَاكٍ أَوْ قُصُّهُ عَلَى سِوَاكٍ.
Mugʻiyra ibn Shuʼba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kecha men Paygʻambar ﷺ ning mehmonlari boʻldim. U zot biqin (goʻshti)ni (olib kelishni) buyurdilar va u qovurildi; soʻng u zot pichoq olib, undan menga (goʻsht) kesib bera boshladilar. Shunda Bilol kelib, u zotni namozga chaqirdi. U zot pichoqni tashlab: «Bunga (Bilolga) nima boʻldi?! Qoʻllari tuproqqa belansin!» — dedilar va namozga turdilar. Anboriy (rivoyatida) shuni qoʻshdi: «Mening moʻylovim uzun edi; u zot uni menga misvok ustiga qoʻyib kesib berdilar» — yoki: «Men sening moʻylovingni misvok ustiga qoʻyib kesib qoʻyaman», — dedilar.