حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا مُسْلِمُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبَانُ بْنُ يَزِيدَ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ شَهْرِ بْنِ حَوْشَبٍ، عَنْ أَبِي عُبَيْدَةَ، قَالَ: طَبَخْتُ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، قِدْرًا، وَقَدْ كَانَ يُعْجِبُهُ الذِّرَاعُ، فَنَاوَلْتُهُ الذِّرَاعَ، ثُمَّ قَالَ: نَاوِلْنِي الذِّرَاعَ، فَنَاوَلْتُهُ، ثُمَّ قَالَ: نَاوِلْنِي الذِّرَاعَ، فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، وَكَمْ لِلشَّاةِ مِنْ ذِرَاعٍ، فَقَالَ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ سَكَتَّ لَنَاوَلْتَنِي الذِّرَاعَ مَا دَعَوْتُ.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadi: Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, qaysi amal Allohga eng mahbub?» dedi. U zot: «Al-hollul-murtahil», dedilar. U: «Al-hollul-murtahil nima?» dedi. U zot: «Bu Qurʼonning boshidan oxirigacha (oʻqib) boradigan, har safar (oxiriga) yetgani zahoti yana (boshlab boshqa safarga) chiqadigan kishidir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni Ibn Abbosning hadisi sifatida faqat shu yoʻldan bilamiz, uning isnodi kuchli emas. (Boshqa bir yoʻldan) Solih al-Murriydan, u Qatodadan, u Zuroro ibn Avfodan, u Nabiy ﷺdan maʼno jihatdan shunga oʻxshash, lekin unda Ibn Abbosni zikr qilmay rivoyat qilingan. Abu Iso aytdi: Bu menimcha Nasr ibn Aliyning Haysam ibn ar-Rabiʼdan (qilgan) hadisidan koʻra sahihroqdir.