Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ chiqdilar, men u zot bilan birga edim. U zot ansorlardan boʻlgan bir ayolning oldiga kirdilar. U (ayol) u zotga qoʻy soʻyib (taom tayyorladi), u zot (undan) yedilar. U (ayol) u zotga bir savat yangi xurmo keltirdi, u zot undan (ham) yedilar. Soʻng peshin uchun tahorat olib namoz oʻqidilar, soʻng (namozdan) chiqdilar. Soʻng u (ayol) qoʻy goʻshtidan qolgan (ovqat)dan keltirdi, u zot (undan) yedilar, soʻng asrni oʻqidilar va tahorat olmadilar», dedi. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda
Abu Bakr Siddiq,
Ibn Abbos,
Abu Hurayra,
Ibn Masʼud,
Abu Rofiʼ, Ummul Hakam, Amr ibn Umayya, Ummu
Omir,
Suvayd ibn Nuʼmon va
Ummu Salamadan ham (rivoyatlar) bor. Abu Iso aytdi: Bu bobda
Abu Bakrning hadisi isnodi jihatidan sahih emas, uni Husom ibn Misakk
Ibn Sirindan, u
Ibn Abbosdan, u
Abu Bakr Siddiqdan, u Nabiy ﷺdan rivoyat qilgan, xolos. Sahihi esa, u faqat
Ibn Abbosdan, u Nabiy ﷺdandir. Huffozlar (hadis hofizlari) shunday rivoyat qilganlar. Abu Iso aytdi: Nabiy ﷺning sahobalaridan, tobeʼinlardan va ulardan keyingilardan boʻlgan ilm ahlining aksariyati, masalan Sufyon Savriy, Ibn Muborak, Shofiʼiy, Ahmad va Ishoqning amali shunga binoandir — ular olov tegizgan narsadan tahorat olishni tark etishni (joiz) deb koʻrdilar. Bu Rasululloh ﷺning ikki ishidan (amalidan) oxirgisidir. Goʻyo bu hadis avvalgi hadisni — olov tegizgan narsadan tahorat olish hadisini — nasx qilgandir (bekor qilgandir).