حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ الصَّبَّاحِ الْهَاشِمِيُّ الْبَصْرِيُّ، قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ الأَعْلَى، عَنْ مَعْمَرٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عُمَرَ بْنِ أَبِي سَلَمَةَ، أَنَّهُ دَخَلَ عَلَى رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم، وَعِنْدَهُ طَعَامٌ، فَقَالَ: ادْنُ يَا بُنَيَّ، فَسَمِّ اللَّهَ تَعَالَى، وَكُلْ بِيَمِينِكَ، وَكُلْ مِمَّا يَلِيكَ.
Umar ibn Abu Salama (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U Rasululloh ﷺning Umm Salamaning uyida bitta kiyimga oʻralgan holda namoz oʻqiyotganlarini koʻrdi. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Abu Hurayra, Jobir, Salama ibn al-Akvaʼ, Anas, Amr ibn Abu Usayd, Uboda ibn as-Somit, Abu Said, Kayson, Ibn Abbos, Oisha, Umm Honiʼ, Ammor ibn Yosir, Talq ibn Ali va Somit al-Ansoriydan ham (rivoyatlar) bor. Abu Iso aytdi: Umar ibn Abu Salamaning hadisi hasan sahih hadisdir. Nabiy ﷺning sahobalaridan va ulardan keyingi tobiinlar hamda boshqalardan boʻlgan aksar ahli ilm nazdida amal shunga (muvofiq)dir, ular: «Bitta kiyimda namoz oʻqishda zarar yoʻq», deganlar. Ahli ilmdan baʼzilari esa: «Kishi ikki kiyimda namoz oʻqisin», deganlar.