حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ خَشْرَمٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا عِيسَى بْنُ يُونُسَ، عَنْ رِشْدِينِ بْنِ كُرَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ: أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا شَرِبَ، تَنَفَّسَ مَرَّتَيْنِ.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ ichganlarida ikki marta nafas olar edilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat Rishdin ibn Kurayb rivoyati orqaligina bilamiz. (Abu Iso) aytdi: Men Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmondan Rishdin ibn Kurayb haqida soʻrab: «U kuchliroqmi yoki Muhammad ibn Kuraybmi?» dedim. U: «Ikkovi bir-biriga juda yaqin, ammo menimcha Rishdin ibn Kurayb ulardan ustunroqdir», dedi. (Abu Iso) aytdi: Men Muhammad ibn Ismoildan ham buni soʻradim, u: «Muhammad ibn Kurayb Rishdin ibn Kuraybdan ustunroqdir», dedi. Menimcha esa toʻgʻri soʻz Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon aytgan soʻzdir: Rishdin ibn Kurayb ustunroq va kattaroqdir, u Ibn Abbosga yetishgan va uni koʻrgan, ular ikkovi aka-uka boʻlib, ikkovida ham munkar (rivoyat)lar bor.