حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ خَلِيفَةَ، وَعَمْرُو بْنُ عَلِيٍّ، قَالا: حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ زُرَيْعٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا حَجَّاجٌ الصَّوَّافُ، عَنْ حَنَانٍ، عَنْ أَبِي عُثْمَانَ النَّهْدِيِّ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم: إِذَا أُعْطِيَ أَحَدُكُمُ الرَّيْحَانَ فَلا يَرُدُّهُ، فَإِنَّهُ خَرَجَ مِنَ الْجَنَّةِ.
Abu Usmon an-Nahdiy (rahimahulloh) aytdi: Rasululloh ﷺ: «Biringizga rayhon berilsa, uni qaytarmasin, chunki u jannatdan chiqqandir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, uni faqat shu vajhdan bilamiz. Hanonni ham faqat shu hadisda bilamiz. Abu Usmon an-Nahdiyning ismi Abdurahmon ibn Mulldir; u Paygʻambar ﷺ zamoniga yetgan, biroq u zotni koʻrmagan va u zotdan eshitmagan.