حَدَّثَنَا عَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا مُصْعَبُ بْنُ الْمِقْدَامِ، قَالَ: حَدَّثَنَا الْمُبَارِكُ بْنُ فَضَالَةَ، عَنِ الْحَسَنِ، قَالَ: أَتَتْ عَجُوزٌ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، ادْعُ اللَّهَ أَنْ يُدْخِلَنِي الْجَنَّةَ، فَقَالَ: يَا أُمَّ فُلانٍ، إِنَّ الْجَنَّةَ لا تَدْخُلُهَا عَجُوزٌ، قَالَ: فَوَلَّتْ تَبْكِي، فَقَالَ: أَخْبِرُوهَا أَنَّهَا لا تَدْخُلُهَا وَهِيَ عَجُوزٌ إِنَّ اللَّهَ تَعَالَى، يَقُولُ: إِنَّا أَنْشَأْنَاهُنَّ إِنْشَاءً، فَجَعَلْنَاهُنَّ أَبْكَارًا، عُرُبًا أَتْرَابًا.
Hasan Basriy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺning huzurlariga bir kampir keldi va: «Ey Allohning Rasuli, meni jannatga kiritishini Allohdan soʻrang», dedi. U zot: «Ey falonchining onasi, jannatga kampir kirmaydi», dedilar. U yigʻlagancha ortga qaytdi. Shunda u zot: «Unga xabar beringlarki, u jannatga kampir holida kirmaydi. Zero, Alloh taolo: {Albatta, Biz ularni yangidan yaratdik. Bas, ularni bokira, erlariga mehribon va tengdosh qildik}, deydi», dedilar. (Voqea 35–37).