حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، وَبِشْرُ بْنُ مُعَاذٍ، قَالا: حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ زِيَادِ بْنِ عِلاقَةَ، عَنِ الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ، قَالَ: صَلَّى رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم، حَتَّى انْتَفَخَتْ قَدَمَاهُ، فَقِيلَ لَهُ: أَتَتَكَلَّفُ هَذَا، وَقَدْ غَفَرَ اللَّهُ لَكَ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِكَ وَمَا تَأَخَّرَ؟ قَالَ: أَفَلا أَكُونُ عَبْدًا شَكُورًا.
Mugʻiyra ibn Shuʼba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ oyoqlari shishib ketguncha namoz oʻqirdilar. Shunda u zotga: «Avvalgi va keyingi gunohlaringiz magʻfirat qilingan boʻla turib, oʻzingizni shunchalik mashaqqatga solasizmi?» deyildi. U zot: «Shukr qiluvchi banda boʻlmayinmi?» dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Abu Hurayra va Oishadan ham (rivoyatlar) bor. Abu Iso aytdi: Mugʻiyra ibn Shuʼbaning hadisi hasan sahih hadisdir.