حَدَّثَنَا أَبُو سَلَمَةَ يَحْيَى بْنُ خَلَفٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا بِشْرُ بْنُ الْمُفَضَّلِ، عَنْ خَالِدٍ الْحَذَّاءِ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ شَقِيقٍ، قَالَ: سَأَلتُ عَائِشَةَ، عَنْ صَلاةِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، قَالَتْ: كَانَ يُصَلِّي قَبْلَ الظُّهْرِ رَكْعَتَيْنِ وَبَعْدَهَا رَكْعَتَيْنِ، وَبَعْدَ الْمَغْرِبِ رَكْعَتَيْنِ، وَبَعْدَ الْعِشَاءِ رَكْعَتَيْنِ، وَقَبْلَ الْفَجْرِ ثِنْتَيْنِ.
Abdulloh ibn Shaqiq aytdi: Oisha (roziyallohu anho)dan Rasululloh ﷺning namozlari haqida soʻradim. U: «(U zot) peshindan oldin ikki rakaat va undan keyin ikki rakaat, shomdan keyin ikkitani, xuftondan keyin ikki rakaat va bomdoddan oldin ikkitani oʻqir edilar», dedi. (Rovi) aytdi: Bu bobda Ali va Ibn Umardan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Abdulloh ibn Shaqiqning Oishadan (qilgan) hadisi hasan sahih hadisdir.