حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، قَالَ: حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ عَمْرِو بْنِ مُرَّةَ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي لَيْلَى، قَالَ: مَا أَخْبَرَنِي أَحَدٌ، أَنَّهُ رَأَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يُصَلِّي الضُّحَى إِلا أُمُّ هَانِئٍ، فَإِنَّهَا حَدَّثَتْ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم، دَخَلَ بَيْتَهَا يَوْمَ فَتْحِ مَكَّةَ فَاغْتَسَلَ فَسَبَّحَ ثَمَانِيَ رَكَعَاتٍ مَا رَأَيْتُهُ صلى الله عليه وسلم، صَلَّى صَلاةً قَطُّ أَخَفَّ مِنْهَا، غَيْرَ أَنَّهُ كَانَ يُتِمُّ الرُّكُوعَ وَالسُّجُودَ.
Abdurrahmon ibn Abu Laylodan rivoyat qilinadiki, u aytdi: Nabiy ﷺni zuho namozini oʻqiyotganlarini koʻrganini menga Ummu Honiʼdan boshqa hech kim aytmadi. U (Ummu Honiʼ) shunday rivoyat qildiki: Rasululloh ﷺ Makka fath qilingan kuni uning uyiga kirdilar, gʻusl qildilar va sakkiz rakaat namoz oʻqidilar. Men u zotning bundan yengilroq namoz oʻqiganlarini hech qachon koʻrmaganman; faqat ruku va sajdani toʻla-toʻkis ado etar edilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Goʻyo Ahmad bu bobdagi eng sahih narsa Ummu Honiʼning hadisi deb koʻribdi. Nuaym (ning nasabida) ixtilof qildilar: baʼzilar Nuaym ibn Xammor dedi, baʼzilar ibn Hammor dedi, ibn Habbor ham deyiladi, ibn Hammom ham deyiladi, sahihi esa ibn Hammordir. Abu Nuaym bunda adashib, ibn Himoz dedi va unda xato qildi, soʻng (uni) tark etib, Nuaymdan, Nabiy ﷺdan dedi. Abu Iso aytdi: Buni menga Abd ibn Humayd Abu Nuaymdan xabar berdi.