حَدَّثَنَا الْقَاسِمُ بْنُ دِينَارٍ الْكُوفِيُّ، قَالَ: حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللهِ بْنُ مُوسَى، وَطَلْقُ بْنُ غَنَّامٍ، عَنْ شَيْبَانَ، عَنْ عَاصِمٍ، عَنْ زِرِّ بْنُ حُبَيْشٍ، عَنْ عَبْدِ اللهِ، قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم، يَصُومُ مِنْ غُرَّةِ كُلِّ شَهْرٍ ثَلاثَةَ أَيَامٍ، وَقَلَّمَا كَانَ يُفْطِرُ يَوْمَ الْجُمُعَةِ.
Abdulloh (ibn Masʼud) (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ har oyning boshidan uch kun roʻza tutar edilar va juma kunini roʻzasiz oʻtkazishlari juda kam edi. Bu bobda Ibn Umar va Abu Hurayradan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Abdullohning hadisi hasan gʻaribdir. Ilm ahlidan bir qavm juma kunida roʻza tutishni mustahab koʻrganlar. Faqat oldidan ham, keyinidan ham roʻza tutmay, yolgʻiz juma kunini roʻza tutish makruhdir. (Roviy) aytdi: Shuʼba bu hadisni Osimdan rivoyat qilgan, ammo uni marfuʼ qilmagan.