حَدَّثَنَا هَارُونُ بْنُ إِسْحَاقَ، قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدَةُ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ: دَخَلَ عَلَيَّ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم وَعِنْدِي امْرَأَةٌ، فَقَالَ: مَنْ هَذِهِ؟ قُلْتُ: فُلانَةُ لا تَنَامُ اللَّيْلَ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم: عَلَيْكُمْ مِنَ الأَعْمَالِ مَا تُطِيقُونَ، فَوَاللَّهِ لا يَمَلُّ اللَّهُ حَتَّى تَمَلُّوا، وَكَانَ أَحَبَّ ذَلِكَ إِلَى رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم الَّذِي يَدُومُ عَلَيْهِ صَاحِبُهُ.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ huzurimga kirdilar, oldimda bir ayol bor edi. U zot: «Bu kim?» — deb soʻradilar. Men: «Falon ayol, u kechasi uxlamaydi», dedim. Shunda Rasululloh ﷺ: «Amallardan qodir boʻlganingizni oʻz zimmangizga oling. Zero, Allohga qasamki, siz (ibodatdan) charchamaguningizcha Alloh (savob berishdan) toʻxtamaydi», dedilar. Rasululloh ﷺga eng maqbul (amal) — sohibi bardavom qiladigan amal edi.