حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا وَهْبُ بْنُ جَرِيرِ بْنِ حَازِمٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبِي، عَنْ قَتَادَةَ، قَالَ: قُلْتُ لأَنَسِ بْنِ مَالِكٍ: كَيْفَ كَانَتْ قِرَاءَةُ رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم؟ فَقَالَ: مَدًّا.
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Iroq ahlidan bir kishi undan kiyimga tegadigan chivin qoni haqida soʻradi. Shunda Ibn Umar: «Mana bunga qaranglar, u chivin qoni haqida soʻrayapti, holbuki ular Rasululloh ﷺning farzandini oʻldirishgan!» dedi va: «Men Rasululloh ﷺning: ‹Hasan va Husayn ikkalasi mening dunyodagi ikki rayhonimdir›, deganlarini eshitganman», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis sahihdir. Buni Shuʼba va Mahdiy ibn Maymun ham Muhammad ibn Abu Yaʼqubdan rivoyat qilishgan. Bu bobda Abu Hurayradan ham Paygʻambar ﷺdan shunga oʻxshash rivoyat qilingan.