حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ: حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ مُعَاوِيَةَ بْنِ صَالِحٍ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ أَبِي قَيْسٍ، قَالَ: سَأَلْتُ عَائِشَةَ، عَنْ قِرَاءَةِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَكَانَ يُسِرُّ بِالْقِرَاءَةِ أَمْ يَجْهَرُ؟ قَالَتْ: كُلُّ ذَلِكَ قَدْ كَانَ يَفْعَلُ قَدْ كَانَ رُبَّمَا أَسَرَّ وَرُبَّمَا جَهَرَ فَقُلْتُ: الْحَمْدُ لِلَّهِ، الَّذِي جَعَلَ فِي الأَمْرِ سَعَةً.
Qutayba bizga aytib berdi: Lays bizga Muoviya ibn Solihdan, u Abdulloh ibn Abu Qaysdan rivoyat qildi. U (Abdulloh) dedi: Men Oisha (roziyallohu anho)dan: «Nabiy ﷺning kechalik qiroatlari qanday boʻlardi — qiroatni yashirinmi oʻqirdilar yoki ovoz chiqaribmi?» deb soʻradim. U: «Bularning hammasini qilar edilar: baʼzan qiroatni yashirin oʻqisalar, baʼzan ovoz chiqarib oʻqirdilar», dedi. Shunda men: «Bu ishda kenglik qilib qoʻygan Allohga hamd boʻlsin», dedim. Abu Iso aytdi: Bu hasan sahih gʻarib hadisdir.