حَدَّثَنَا مَحْمُودُ بْنُ غَيْلانَ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو دَاوُدَ، قَالَ: حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ مُعَاوِيَةَ بْنِ قُرَّةَ، قَالَ: سَمِعْتُ عَبْدَ اللهِ بْنَ مُغَفَّلٍ، يَقُولُ: رَأَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم، عَلَى نَاقَتِهِ يَوْمَ الْفَتْحِ، وَهُوَ يَقْرَأُ: إِنَّا فَتَحْنَا لَكَ فَتْحًا مُبِينًا لِيَغْفِرَ لَكَ اللَّهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِكَ وَمَا تَأَخَّرَ، قَالَ: فَقَرَأَ وَرَجَّعَ، قَالَ: وَقَالَ مُعَاوِيَةُ بْنُ قُرَّةَ: لَوْلا أَنْ يَجْتَمِعَ النَّاسُ عَلَيَّ لأَخَذْتُ لَكُمْ فِي ذَلِكَ الصَّوْتِ أَوْ قَالَ: اللَّحْنِ.
Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ bilan bir safarda edik. Men u zotdan bir narsa haqida uch marta soʻradim, ammo u zot menga javob bermadilar. Oʻzimga oʻzim: «Onang seni yoʻqotgur, ey Xattob oʻgʻli, Rasululloh ﷺga uch marta gapirding, u zot senga javob bermadilar», dedim. Soʻng ulovimga minib, mening haqimda biror narsa nozil boʻlganidan qoʻrqib, oldinga oʻtib ketdim. Shunda: «Ey Umar! Umar qani?» deb chaqirayotgan bir jarchini eshitdim. Men haqimda biror narsa nozil boʻlgan boʻlsa kerak deb oʻylab, orqaga qaytdim. Paygʻambar ﷺ: «Kecha menga bir sura nozil boʻldi, u menga dunyo va undagi bor narsalardan koʻra sevimliroqdir: {Albatta, Biz senga ochiq-oydin fath ato etdik. Alloh sening avvalgi va keyingi gunohlaringni magʻfirat qilishi uchun} (Fath 1-2)», dedilar.