حَدَّثَنَا مَحْمُودُ بْنُ غَيْلانَ، قَالَ: حَدَّثَنَا مُعَاوِيَةُ بْنُ هِشَامٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنِ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عُبَيْدَةَ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ مَسْعُودٍ، قَالَ: قَالَ لِي رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم: اقْرَأْ عَلَيَّ فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَقَرَأُ عَلَيْكَ وَعَلَيْكَ أُنْزِلَ، قَالَ: إِنِّي أُحِبُّ أَنْ أَسْمَعَهُ مِنْ غَيْرِي، فَقَرَأْتُ سُورَةَ النِّسَاءِ، حَتَّى بَلَغْتُ وَجِئِنَا بِكَ عَلَى هَؤُلاءِ شَهِيدًا، قَالَ: فَرَأَيْتُ عَيْنَيْ رَسُولِ اللهِ تَهْمِلانِ.
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) aytdi: Rasululloh ﷺ menga: «Menga (Qurʼon) oʻqib ber», dedilar. Men: «Ey Rasululloh, sizga oʻqib beraymi? Axir u sizga nozil qilingan-ku!» dedim. U zot: «Men uni oʻzgadan eshitishni yaxshi koʻraman», dedilar. Shunda men Niso surasini oʻqidim; {seni ularning ustiga guvoh qilib keltirsak} (Niso 41) (oyatiga) yetganimda, Nabiy ﷺning koʻzlari yosh toʻkayotganini koʻrdim. Abu Iso aytdi: Bu (rivoyat) Abul-Ahvasning hadisidan sahihroqdir.