حَدَّثَنَا وَاصِلُ بْنُ عَبْدِ الأَعْلَى الْكُوفِيُّ، قَالَ: حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ فُضَيْلٍ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم، يُدْعَى إِلَى خُبْزِ الشَّعِيرِ، وَالإِهَالَةِ السَّنِخَةِ، فَيُجِيبُ وَلَقَدْ كَانَ لَهُ دِرْعٌ عِنْدَ يَهُودِيٍّ، فَمَا وَجَدَ مَا يَفُكُّهَا حَتَّى مَاتَ.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ arpa noni va sassigan yogʻ (taomi)ga chaqirilsalar, taklifni qabul qilar edilar. Darhaqiqat, u zotning sovutlari bir yahudiyning huzurida garovda edi, u zot uni garovdan qaytarib olishga (biror narsa) topolmay turib vafot etdilar.