حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، قَالَ: حَدَّثَنَا عَفَّانُ، قَالَ: حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، عَنْ حُمَيْدٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ: لَمْ يَكُنْ شَخْصٌ أَحَبَّ إِلَيْهِمْ مِنْ رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم، قَالَ: وَكَانُوا إِذَا رَأَوْهُ لَمْ يَقُومُوا، لِمَا يَعْلَمُونَ مِنْ كَرَاهَتِهِ لِذَلِكَ.
Anas (roziyallohu anhu) aytdi: Ularga Rasulullohﷺdan koʻra mahbubroq zot yoʻq edi. Shunday boʻlsa-da, ular u zotni koʻrganlarida oʻrinlaridan turmasdilar, chunki u zotning buni yoqtirmasliklarini bilardilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis bu jihatdan hasan sahih gʻaribdir.