حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عُمَرَ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ الْمُنْكَدِرِ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتِ: اسْتَأْذَنَ رَجُلٌ عَلَى رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم، وَأَنَا عِنْدَهُ، فَقَالَ: بِئْسَ ابْنُ الْعَشِيرَةِ أَوْ أَخُو الْعَشِيرَةِ، ثُمَّ أَذِنَ لَهُ، فَأَلانَ لَهُ الْقَوْلَ، فَلَمَّا خَرَجَ، قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، قُلْتَ مَا قُلْتَ ثُمَّ أَلَنْتَ لَهُ الْقَوْلَ؟ فَقَالَ: يَا عَائِشَةُ، إِنَّ مِنْ شَرِّ النَّاسِ مَنْ تَرَكَهُ النَّاسُ أَوْ وَدَعَهُ النَّاسُ اتِّقَاءَ فُحْشِهِ.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Rasululloh ﷺning huzurlariga kirishga izn soʻradi, men u zotning yonlarida edim. Shunda u zot: «Qabilaning yomon farzandi yoki qabilaning yomon birodari (keldi)», dedilar. Soʻng unga izn berdilar va u bilan muloyim soʻzlashdilar. U chiqib ketgach, men: «Yo Rasululloh, siz unga aytadiganingizni aytdingiz, soʻng u bilan muloyim soʻzlashdingiz?» dedim. Shunda u zot: «Ey Oisha, odamlarning eng yomoni — yomon (qoʻpol) soʻzidan qoʻrqib, odamlar undan ajralib (uni tark etib) ketgan kishidir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.