حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو الأَحْوَصِ، عَنْ سِمَاكِ بْنِ حَرْبٍ، قَالَ: سَمِعْتُ النُّعْمَانَ بْنَ بَشِيرٍ، يَقُولُ: أَلَسْتُمْ فِي طَعَامٍ وَشَرَابٍ مَا شِئِتُمْ؟ لَقَدْ رَأَيْتُ نَبِيَّكُمْ صلى الله عليه وسلم، وَمَا يَجِدُ مِنَ الدَّقَلِ، مَا يَمْلأُ بَطْنَهُ.
Nuʼmon ibn Bashir (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, u: «Sizlar oʻzingiz istagan taom va ichimlik ichida emasmisiz? Men sizlarning Nabiyingiz ﷺni koʻrdim, qornini toʻyibgazadigan past navli quruq xurmoni ham topa olmas edilar», derdi. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis sahihdir. Abu Iso aytdi: Abu Avona va boshqa bir nechalari Simok ibn Harbdan Abul-Ahvasning hadisiga oʻxshash rivoyat qilganlar. Shuʼba bu hadisni Simokdan, u Nuʼmon ibn Bashirdan, u Umardan rivoyat qilgan.