حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، قَالَ: حَدَّثَنَا رَوْحُ بْنُ أَسْلَمَ أَبُو حَاتِمٍ الْبَصْرِيُّ، قَالَ: حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، قَالَ: حَدَّثَنَا ثَابِتٌ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم: لَقَدْ أُخِفْتُ فِي اللهِ وَمَا يَخَافُ أَحَدٌ، وَلَقَدْ أُوذِيتُ فِي اللهِ وَمَا يُؤْذَى أَحَدٌ، وَلَقَدْ أَتَتْ عَلَيَّ ثَلاثُونَ مِنْ بَيْنِ لَيْلَةٍ وَيَوْمٍ، وَمَا لِي وَلِبِلالٍ طَعَامٌ يَأْكُلُهُ ذُو كَبِدٍ، إِلا شَيْءٌ يُوَارَيِهِ إِبِطُ بِلالٍ.
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Men Alloh yoʻlida shunday qoʻrqitildimki, hech kim bunday qoʻrqitilmagan. Men Alloh yoʻlida shunday ozor berildimki, hech kimga bunday ozor berilmagan. Menga oʻttiz kechayu kunduz oʻtdiki, men bilan Bilolda jigar egasi (jonzot) yeydigan, Bilolning qoʻltigʻiga sigʻadigan narsadan boshqa hech qanday taom yoʻq edi». Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Bu hadisning maʼnosi shuki, Nabiy ﷺ Makkadan qochib chiqqanlarida, Bilol u zot bilan birga edi, Bilolning oldida faqat qoʻltigʻiga sigʻdiradigan taom bor edi, xolos.