حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، وَمُحَمَّدُ بْنُ أَبَانَ، قَالا: حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ هِشَامٍ، قَالَ: حَدَّثَنِي أَبِي، عَنْ قَتَادَةَ، عَنِ الْحَسَنِ، عَنْ دَغْفَلِ بْنِ حَنْظَلَةَ: أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم، قُبِضَ وَهُوَ ابْنُ خَمْسٍ وَسِتِّينَ، قَالَ أَبُو عِيسَى: وَدَغْفَلُ، لا نَعْرِفُ لَهُ سَمَاعًا مِنَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، وَكَانَ فِي زَمَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم.
Abdulloh ibn Ukaym Abu Maʼbad al-Juhaniy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi. Iso (ibn Abdurrahmon ibn Abu Laylo) dedi: «Men Abdulloh ibn Ukaym Abu Maʼbad al-Juhaniyning oldiga uni koʻrgani kirdim, unda qizilcha (terining qizarib shishishi) bor edi. Biz: ‹(Davo uchun) biror narsa osib (taqib) qoʻymaysizmi?› dedik. U: ‹Oʻlim bundan koʻra yaqinroqdir (afzalroqdir). Paygʻambar ﷺ: ‹Kim biror narsa osib (taqib) qoʻysa, oʻsha narsaga topshirib qoʻyiladi›, deganlar›, dedi». Abu Iso aytdi: Abdulloh ibn Ukaymning hadisini biz faqat Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Abu Layloning hadisi orqaligina bilamiz. Abdulloh ibn Ukaym Paygʻambar ﷺdan (bevosita) eshitmagan, u Paygʻambar ﷺning zamonida boʻlib: «Rasululloh ﷺ bizga (xat) yozdilar», derdi. Bu bobda Uqba ibn Omirdan ham (rivoyat) bor.