حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو الْوَلِيدِ، قَالَ: حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَمْرٍو، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ: جَاءَتْ فَاطِمَةُ إِلَى أَبِي بَكْرٍ، فَقَالَتْ: مَنْ يَرِثُكَ؟ فَقَالَ: أَهْلِي وَوَلَدِي، فَقَالَتْ: مَا لِي لا أَرِثُ أَبِي؟ فَقَالَ أَبُو بَكْرٍ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم، يَقُولُ: لا نُورَثُ، وَلَكِنِّي أَعُولُ مَنْ كَانَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم، يَعُولُهُ، وَأُنْفِقُ عَلَى مَنْ كَانَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم يُنْفِقُ عَلَيْهِ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Fotima Abu Bakr (roziyallohu anhu)ning oldiga kelib: «Senga kim voris boʻladi?» dedi. U: «Ahlim va bolam», dedi. (Fotima): «Nega men otamga voris boʻlmas ekanman?» dedi. Shunda Abu Bakr: «Men Rasululloh ﷺning: ‹Bizga voris boʻlinmaydi›, deganlarini eshitganman. Lekin Rasululloh ﷺ kimning taʼminotini koʻtargan boʻlsalar, men oʻshaning taʼminotini koʻtaraman va Rasululloh ﷺ kimga sarflagan boʻlsalar, men oʻshanga sarflayman», dedi. Abu Iso aytdi: Bu bobda Umar, Talha, Zubayr, Abdurrahmon ibn Avf, Saʼd va Oishadan ham (rivoyatlar) bor. Abu Hurayraning hadisi bu yoʻldan hasan gʻaribdir.