حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، قَالَ: حَدَّثَنَا صَفْوَانُ بْنُ عِيسَى، عَنِ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم، قَالَ: لا نُورَثُ مَا تَرَكْنَا فَهُوَ صَدَقَةٌ.
Fotima (alayhassalom) Abu Bakrning oldiga (kishi) yuborib, undan Alloh oʻz Rasuliga ﷺ ato qilgan (fayʼ) molidan Paygʻambar ﷺdan (qoladigan) merosini soʻradi — u Paygʻambar ﷺning Madinadagi va Fadakdagi sadaqasini, hamda Xaybar xumsidan (beshdan biridan) qolgan narsani talab qilar edi. Abu Bakr: «Albatta Rasululloh ﷺ: ‹Bizga (paygʻambarlarga) meros qolmaydi, biz qoldirgan narsa sadaqadir. Muhammadning oilasi mana shu moldan — yaʼni Allohning molidan — (faqat) yeydilar, ularning yeyishdan ortiqcha (olishlariga) haqlari yoʻq›, deganlar. Allohga qasamki, men Paygʻambar ﷺ zamonlarida boʻlgan holatidagi u zotning sadaqalaridan hech narsani oʻzgartirmayman va ularda Rasululloh ﷺ qanday amal qilgan boʻlsalar, shunday amal qilaman», dedi. Shunda Ali tashahhud aytib (Allohga hamd-sano aytib), soʻng: «Biz sening fazilatingni tanidik, ey Abu Bakr», dedi va ularning Rasululloh ﷺdan boʻlgan qarindoshligini va haqqini zikr qildi. Abu Bakr gapirib: «Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, Rasululloh ﷺning qarindoshlari bilan aloqa (sila-rahm) qilishim menga oʻz qarindoshlarim bilan aloqa qilishimdan suyukliroqdir», dedi.