حَدَّثَنَا هَنَّادُ بْنُ السَّرِيِّ، قَالَ: حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، عَنْ دَلْهَمِ بْنِ صَالِحٍ، عَنْ حُجَيْرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ، عَنِ ابْنِ بُرَيْدَةَ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ النَّجَاشِيَّ أَهْدَى لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، خُفَّيْنِ، أَسْوَدَيْنِ، سَاذَجَيْنِ، فَلَبِسَهُمَا ثُمَّ تَوَضَّأَ وَمَسَحَ عَلَيْهِمَا.
Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Najoshiy Nabiy ﷺga ikkita qora, sodda (bezaksiz) maxsiy hadya qildi. Ul zot ularni kiydilar, soʻng tahorat oldilar va ularning ustiga mash tortdilar. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis hasandir, biz uni faqat Dalhamning hadisi orqaligina bilamiz. Uni Muhammad ibn Rabiya ham Dalhamdan rivoyat qilgan.