حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ أَبِي قِلاَبَةَ، عَنْ مُعَاذَةَ، أَنَّ امْرَأَةً، سَأَلَتْ عَائِشَةَ قَالَتْ أَتَقْضِي إِحْدَانَا صَلاَتَهَا أَيَّامَ مَحِيضِهَا فَقَالَتْ أَحَرُورِيَّةٌ أَنْتِ قَدْ كَانَتْ إِحْدَانَا تَحِيضُ فَلاَ تُؤْمَرُ بِقَضَاءٍ . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ . وَقَدْ رُوِيَ عَنْ عَائِشَةَ مِنْ غَيْرِ وَجْهٍ أَنَّ الْحَائِضَ لاَ تَقْضِي الصَّلاَةَ . وَهُوَ قَوْلُ عَامَّةِ الْفُقَهَاءِ لاَ اخْتِلاَفَ بَيْنَهُمْ فِي أَنَّ الْحَائِضَ تَقْضِي الصَّوْمَ وَلاَ تَقْضِي الصَّلاَةَ .
Muoza (rahimahalloh)dan rivoyat qilinadiki, bir ayol Oisha (roziyallohu anho)dan soʻrab: «Bizdan biri hayz kunlaridagi namozini qazo qiladimi?» dedi. Shunda u: «Sen Haruriyamisan? Bizdan biri hayz koʻrar, ammo bizga (uni) qazo qilish buyurilmas edi», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Oishadan bir necha yoʻl bilan rivoyat qilinganki, hayzli ayol namozni qazo qilmaydi. Bu — fuqaholarning umumiy soʻzidir. Hayzli ayol roʻzani qazo qilishi, namozni esa qazo qilmasligi haqida ularning oʻrtasida ixtilof yoʻq.