حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ مُوسَى، حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ سُلَيْمَانَ، حَدَّثَنَا هُشَيْمٌ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ خَالِدٍ الْقُرَشِيِّ، عَنْ دَاوُدَ بْنِ حُصَيْنٍ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّهُ سُئِلَ عَنِ التَّيَمُّمِ، فَقَالَ إِنَّ اللَّهَ قَالَ فِي كِتَابِهِ حِينَ ذَكَرَ الْوُضُوءَ: (فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إلى المَرَافِقِ)، وَقَالَ في التَّيَمُّمِ: (فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ) وَقَالَ: (وَالسَّارِقُ وَالسَّارِقَةُ فَاقْطَعُوا أَيْدِيِهْمَا) فَكَانَتِ السُّنَّةُ في القَطْعِ الكَفَّينِ، إِنَّمَا هُوَ الوَجْهُ وَالكَفَّانِ، يَعْنِي التَّيَمُّمَ".
Ikrima (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan tayammum haqida soʻralganida, u dedi: «Alloh Oʻz Kitobida tahoratni zikr qilganida: {Yuzlaringizni va qoʻllaringizni tirsaklargacha yuvinglar} (Moida 6), dedi. Tayammum haqida esa: {Yuzlaringizga va qoʻllaringizga masx qilinglar} (Moida 6), dedi. Yana: {Oʻgʻri erkak va oʻgʻri ayol — ularning qoʻllarini kesinglar} (Moida 38), dedi. Kesishda esa sunnat ikki kaft(ni kesish) boʻlgan. Demak, u (tayammum) faqat yuz va ikki kaftdir», yaʼni tayammumni (nazarda tutdi).