قَالَ أَبُو عِيسَى وَرَوَى وَكِيعٌ، هَذَا الْحَدِيثَ عَنْ ثَابِتِ بْنِ أَبِي صَفِيَّةَ، قَالَ قُلْتُ لأَبِي جَعْفَرٍ حَدَّثَكَ جَابِرٌ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم تَوَضَّأَ مَرَّةً مَرَّةً قَالَ نَعَمْ . حَدَّثَنَا بِذَلِكَ هَنَّادٌ وَقُتَيْبَةُ قَالاَ حَدَّثَنَا وَكِيعٌ عَنْ ثَابِتِ بْنِ أَبِي صَفِيَّةَ . قَالَ أَبُو عِيسَى وَهَذَا أَصَحُّ مِنْ حَدِيثِ شَرِيكٍ لأَنَّهُ قَدْ رُوِيَ مِنْ غَيْرِ وَجْهٍ هَذَا عَنْ ثَابِتٍ نَحْوَ رِوَايَةِ وَكِيعٍ . وَشَرِيكٌ كَثِيرُ الْغَلَطِ وَثَابِتُ بْنُ أَبِي صَفِيَّةَ هُوَ أَبُو حَمْزَةَ الثُّمَالِيُّ .
Abu Iso aytdi: Vakiʼ bu hadisni Sobit ibn Abu Safiyyadan rivoyat qildi. U dedi: Men Abu Jaʼfarga: «Senga Jobir (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺning tahorat aʼzolarini bir martadan yuvganlarini rivoyat qildimi?» dedim. U: «Ha», dedi. Bizga buni Hannod va Qutayba aytib berdilar: Ular: Bizga Vakiʼ Sobit ibn Abu Safiyyadan rivoyat qildi, dedilar. Abu Iso aytdi: Bu (rivoyat) Sharikning hadisidan sahihroqdir, chunki bu (hadis) Sobitdan bir necha yoʻl bilan Vakiʼning rivoyatiga oʻxshash tarzda kelgan. Sharik esa koʻp xato qiladigan kishi edi. Sobit ibn Abu Safiyya — u Abu Hamza as-Sumoliydir.