حَدَّثَنَا مَحْمُودُ بْنُ غَيْلاَنَ، قَالَ حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، عَنْ سُفْيَانَ، عَنْ سُلَيْمَانَ التَّيْمِيِّ، عَنْ أَبِي حَاجِبٍ، عَنْ رَجُلٍ، مِنْ بَنِي غِفَارٍ قَالَ نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنْ فَضْلِ طَهُورِ الْمَرْأَةِ . قَالَ وَفِي الْبَابِ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ سَرْجِسَ . قَالَ أَبُو عِيسَى وَكَرِهَ بَعْضُ الْفُقَهَاءِ الْوُضُوءَ بِفَضْلِ طَهُورِ الْمَرْأَةِ . وَهُوَ قَوْلُ أَحْمَدَ وَإِسْحَاقَ كَرِهَا فَضْلَ طَهُورِهَا وَلَمْ يَرَيَا بِفَضْلِ سُؤْرِهَا بَأْسًا .
Abu Hojib (rahimahulloh) Banu Gʻifordan boʻlgan bir kishidan rivoyat qiladi, u aytdi: «Rasululloh ﷺ ayolning tahoratidan ortgan suvdan (foydalanishni) man qildilar». (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Abdulloh ibn Sarjisdan ham (rivoyat bor). Abu Iso aytdi: Baʼzi fuqaholar ayolning tahoratidan ortgan suv bilan tahorat qilishni makruh sanadilar. Bu Ahmad va Ishoqning soʻzidir; ular ayolning tahoratidan ortgan suvni makruh sanab, uning (ichib qolgan) sarqitida esa zarar yoʻq, dedilar.